top of page

Bankrotlikka uchragan FTX o‘ziga tegishli kompaniyani katta zararga sotmoqda

FTX

13/02/24, 06:08

Foto: forklog

Bankrotlikka uchragan kriptovalyuta birjasi FTX, DCI kompaniyasini sotish uchun ariza berdi.


FTX 2021-yil dekabr va 2022-yil avgust oylarida jami 10 million dollar sarflab sotib olgan kompaniyani CoinList’ga atigi 500 ming dollarga sotadi.


Savdoni moliyalashtirish Digital Custody Inc kompaniyasining sobiq bosh direktori Terens J. Kulver tomonidan amalga oshirilishi aytilmoqda.


FTX advokatlarining bayonotlariga ko‘ra, DCI FTX va LedgerX’ga xizmat ko‘rsatish uchun sotib olingan, ammo FTX 2022-yil noyabr oyida bankrotligini e’lon qilinganidan keyingina kompaniyatarkibiga to‘liq qo‘shilgan.


FTX rahbarlari DCI kompaniyasi endi hech qanday foyda keltirmaydi deb hisoblaydi, chunki LedgerX allaqachon sotilgan va FTX birjasi esa butunlay yopilish arafasida.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page