Bankrotlikka uchragan birja 8 milliard dollarlik BTC tarqatadimi?
Blockchain
14/05/24, 10:09
Foto: Crypto News
Bankrotlikka uchragan kripto-aktiv birjasi Mt.Gox mijozlariga mablag‘larini qaytarishga tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkin.
Oxirgi xabarlarga ko‘ra, birjaning yuridik guruhidan foydalanuvchilarga avvalgilaridan farqli e-mail yuborilgan. E-mailda Kraken birjasi bilan hamkorlikda Bitcoin va Bitcoin Cash to‘lovlari berilishiga "tayyorlanayotgani" aytilgan.
Ma’lumot uchun Tokioda joylashgan Mt. Gox 2011 yilda xakerlik hujumiga uchragan va 2014-yilda bankrot bo‘lgan edi. Arkham markazining ma’lumotlariga ko‘ra, birja hamyonida 8,6 milliard dollarga teng 137,8 ming dona Bitcoin mavjud.
Mt. Gox joriy yil boshida kreditorlariga yuborgan elektron pochta xabarlarida to‘lovlar o‘zlari tanlagan kripto-aktiv birjalarida foydalanuvchilarning hisoblariga amalga oshirilishini aytilgan edi.
Kreditorlarga to‘lovlar Bitcoin narxiga qanday ta’sir qilishi qiziq. Chunki Bitcoin narxi Mt. Gox bankrotlikka uchragan vaqtda ancha past edi.