AQSH qimmatli qog’ozlar birja komissiyasining kriptovalyutalarni tartibga solishdagi ro’li qanday?
SEC
04/04/24, 12:44
Foto:Coingape
Qimmatli qog‘ozlar birja komissiyasi (SEC) AQSHda kriptovalyutalarni tartibga solishda ‘’regulator’’lardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada SEC ning roli va vazifasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
SEC qimmatli qog‘ozlar, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar ta’rifiga javob beradigan raqamli aktivlarni chiqarish va sotishni nazorat qiladi.
Qimmatli qog‘ozlar birja komissiyasi CFTC (Tovar fyuchers savdo komissiyasi) va FinCEN (Moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash tarmog‘i) kabi tashkilotlar kabi kriptovalyutani tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi.
SEC qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilar harakatlarida qoidalar asosida tartibini belgilash bilan birga qimmatli qog‘oz ta’rifiga javob beruvchi har qanday kriptoaktivni tartibga solishda qoidalar belgilaydi.
Kriptobirjalar, broker-dilerlar, investitsiya maslahatchilari va kripto aktivlari bilan shug‘ullanadigan boshqa tashkilotlar SEC tomonidan tekshiriladi.
Gari Gensler 2021-yil aprel oyida AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi raisi lavozimiga tayinlangan. Hozirgacha u SEC ning raisi hisoblanadi.
SEC endigina rivojlanib borayotgan kriptoaktivlar bozorida bo‘lishi mumkin firibgarliklar pul yuvishlarni tartibga solishga intiladi. Misol qiladigan bo‘lsak, SEC hozirgi kungacha bir necha bor sudga huquqbuzarlik tog‘risida da’vo bilan chiqqan.
’’SEC v. Centra Tech Inc. (2018-yil aprel)’’ : SEC moliyaviy xizmatlar startapi bo‘lgan Centra Tech Inc ni investorlardan 32 million dollardan ortiq mablag‘ yig‘gan firibgar ICO tashkil etganlikda aybladi.
’’SEC Kim Kardashianga qarshi (2022-yil oktyabr)’’ : SEC Kim Kardashianni ijtimoiy tarmoqlarda kriptovalyuta xavfsizligini targ‘ib qilganligi reklama uchun 250 000 AQSh dollari miqdorida to‘lov olganini oshkor qilmaganligi uchun sudga berdi.
’’FTX Samuel Bankman-Fridga qarshi (2022-yil dekabr)’’ : SEC qulab tushgan FTX kriptovalyuta birjasi asoschisi Samuel Bankman-Fridni FTXda investorlarni aldash sxemasini tuzishda aybladi.
SEC, Bankman-Frid investorlarni FTX ning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida noto‘g‘ri yo‘l tutganini va investor mablag‘larini shaxsiy xarajatlari va boshqa korxonalarni to‘lash uchun ishlatganini da’vo qildi. Bankmen-Frid ettita firibgarlik va fitna bo‘yicha aybdor deb topilib 25-yilga ozodlikdan mahrum qilinganini haqida xabar bergan edik.
’’SEC v. Coinbase Global Inc. (iyun, 2023)’’ : SEC eng yirik kriptovalyuta birjalaridan biri bo‘lgan Coinbase Global Inc.ni Coinbase ro‘yxatdan o‘tmasdan birja faoliyaini olib borgani uchun sudga bergan.
Umumiy olganda, SEC kriptoaktivlar bozorini tartibga solishda muhim tashkilotlardan biri hisoblanadi. U o‘z faoliyatini 2002-yildagi Sarbanes-Oksli qonun, 1940-yildagi Investitsion maslahatchilar to‘g‘risidagi qonun, 1934-yildagi Qimmatli qog‘ozlar birjasi to‘g‘risidagi qonun kabi normativ-huquqiy hujjatlar asosida olib boradi.