top of page

AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi raisi Gari Gensler o’zi kim?

#maxsus_rukn

06/06/24, 04:50

Foto: WSJ

Gari Gensler Prezident Bayden tomonidan 2021-yil 3-fevralda AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) raisi lavozimiga tavsiya etilgan, AQSh Senati tomonidan 2021-yil 14-aprelda tasdiqlangan


Gari Gensler 2021-yil 17-aprelda o‘z lavozimiga sidqidillik bilan xizmat qilishi haqida qasamyod qilib o‘z vazifasini boshlagan.


SEC raisi bo‘lishidan oldin, Gensler MIT- Massachusets Texnologiya universiteti Sloan menejment maktabida Global iqtisodiyot va menejment amaliyoti professori bo‘lib ham ishlagan.


Shuningdek, u 2017-2019 yillarda Merilend shtatining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha moliyaviy komissiyasi raisi lavozimida ishlagan.


Gari Gangsler AQShning butun moliya bozorini nazorat qiladigan AQSh tovar fyucherslari savdo komissiyasi (Commodity Futures Trading Commission) raisi bo‘lib ham faoliyat olib borgan.


Yaqinda AQSH senati tomonidan ma’qullangan va AQSHda kripto-aktivlar sanoatini tartibga solishda asos bo‘lib xizmat qilishi kutilayotgan 21-asr uchun moliyaviy innovatsiyalar va texnologiyalar to‘g‘risidagi qonunida ham AQSH tovar fyucherslari savdo komissiyasi kripto sanoatini tartibga solishda asosiy regulyatorlardan biri hisoblanadi.


Kelib chiqishi asli yahudiy bo‘lgan Gary Gengsler prezident Obama ma’muriyati davrida Tovar fyucherslari savdo komissiyasi (Commodity Futures Trading Commission) raisi bo‘lgan. AQSh tovar fyucherslari savdo komissiyasi 400 trillion dollarlik svop bozorini tartibga soladi.


Gensler 1978 yilda iqtisod bo‘yicha bakalavr darajasini va 1979 yilda Pensilvaniya universiteti Uorton maktabida MBA darajasini oladi.


Iqtisod bo‘yicha bakalavr qo‘shimchasiga biznes boshqaruvini o‘rganish shuningdek, turli davlat tuzilmalarida ishlash unga SEC raisi bo‘lish lavozimini osonlik bilan sidqidildan bajarishiga yordam bergan.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page