top of page

AQSH maxsus xizmatlari kripto-aktivlar sohasidagi firibgarlar borasida ogohlantirdi

kripto-aktivlar

27/06/24, 12:56

Foto:freepik

AQSH federal qidiruv byurosi (FBI) yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan kripto-aktivlarni tiklab berishni va’da qiladigan tashkilotlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.


Firibgarlar kripto-aktivi o‘g‘irlangan, firibgarlikka uchragan shaxslarga ularni tiklab berishni, yordam qilishni taklif qilishadi.


Ba’zi firibgarlar hatto o‘zlarini advokat sifatida tanishtirib, yo‘qolgan tokenlarni qaytarib berishni va’da qilib mo‘maygina pul undirishadi. Ular bu faoliyatlarini soxta veb-saytlar orqali reklama qilishdi.


AQSH federal qidiruv byurosi ushbu kripto-aktivlarni tiklash xizmatini taklif qiladigan reklamalardan ehtiyot bo‘lish kerakligini aytib o‘tdi.


Firibgarlar uningsiz ham tokenlari o‘g‘irlangan shaxsdan ularni qaytarib olishlari mumkinligiga ishontirib, o‘zlarida advokat niqobini kiyishadi.


jabrdiydalarni ko‘zida ’’najot farishtasi’’ sifatida ko‘rinadigan g‘alamis kimsalar tokenlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tiklab berish oldidan dastlab kichik tolov qilish zarurligini keltirib pul undirishadi.


Federal qidiruv byurosi 2023-yildan 2024-yilning fevraligacha yuqoridagi sxema asosida $9.9 million dollarlik jinoyat sodir etilganligini keltirib o‘tdi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page