Aprel oyida kriptovalyuta bozori uchun kutilayotgan eng muhim voqealar
Bitcoin
02/04/24, 09:06
criptomor
Bitcoin mart oyini 71 280 dollarda yopib, o‘z tarixida birinchi marta ketma ket 7 oylik o‘sishga ega bo‘ldi. Shuningdek, o‘z tarixidagi eng yuqori oylik yopilishga erishdi. Birinchi raqamli kriptovalyuta oyni ajoyib shaklda ortda qoldirgan bo‘lsa-da, investorlar aprel oyida muhim o‘zgarishlar yuz berishi borasida ogohlantirishmoqda. Quyida siz kripto-aktivlar uchun kutilayotgan eng muhim xabarlar bilan tanishishingiz mumkin.
Halving
Halving aprel oyining kun tartibini to‘g‘ridan shaklantirishi kutilmoqda. Bitcoin’da har to‘rt yilda bir marta sodir bo‘ladigan to‘rtinchi Halving hodisasiz 20-aprelda bo‘lib o‘tadi.
CZning jazosi e’lon qilinadi
Binance asoschisi Changpeng Chjaoning kechiktirilgan jinoiy ishi 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Ta’kidlanishicha, AQShda pul yuvishga qarshi kurash qonunlarini buzganlikda ayblanayotgan Chjao 18 oygacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Boshqa kripto-aktivlardagi Halvinglar
Aprel oyida halving nafaqat Bitcoin’da sodir bo‘ladi. Fork yo‘li orqali yaratilgan Bitcoin Cash tokenida ham halving bor. 3-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Bitcoin Cash halvingi qazib olishni 6,25 BCH dan 3 125 BCH gacha kamaytiradi.
AQShda inflyatsiya e’lon qilinadi
Bu oyning yana bir eng muhim voqeasi 10-aprelda e’lon qilinadigan AQShdagi inflyatsiya ma’lumotlari hisoblanadi. Fed raisi Pauell so‘nggi bayonotida ma’lumotlarning so‘nggi ikki oy ichida yomon bo‘lganini ta’kidlagan.
Tesla va MicroStrategy balanslari e’lon qilinishi kutilmoqda
17-aprel kuni bitcoin narxi uchun muhim bo‘lgan ko‘rsatgich Teslaning balans ma’lumotlari bo‘lib, elektr avtomobil gigantining Bitcoin aktivlarida biron bir o‘zgarish bo‘laganligini diqqat bilan kuzatib borish kerak.
30-aprelda esa barcha e’tibor o‘z balansida eng ko‘p bitcoinga ega bo‘lgan MicroStrategy kompaniyasiga qaratiladi.
Doge kuni nishonlanadi
Har yili 20-aprel Dogecoin tokeni jamoasi tomonidan Doge kuni sifatida nishonlanadi. O‘tgan yilgi Doge kuni yorqin bo‘lmagan edi.