top of page

Appleni iOSning P2P to'lov bozorida raqobatni cheklashga uringanlikda ayblab sudga berishdi.

Apple

2 min read

21/11/23, 11:10

Foto: Cointelegraph

Iste'molchilar texnologiya giganti o'z qurilmalarida peer-to-peer (P2P) to'lov imkoniyatlarini cheklash va iOS to'lov ilovalarida kriptotexnologiyani blokirovka qilish uchun til biriktirganini da'vo qilib,


Apple kompaniyasiga qarshi da'vo arizasi bilan sudga murojaat qilishdi.


17-noyabr kuni Kaliforniya okrug sudiga berilgan shikoyatda aytilishicha,


Apple PayPal Venmo va Block Cash App bilan to'lov dasturlarida markazlashtirilmagan kriptovalyuta texnologiyasidan foydalanishni cheklovchi shartnomalar tuzgan.


Apple markazlashtirilmagan kriptovalyuta texnologiyasini mavjud yoki yangi iOS P2P to'lov dasturlariga kiritishni taqiqlab bozordagi raqobatni cheklashga urinmoqda.


Iste'molchilar, shuningdek, Apple "iPhone va iPadda o'rnatilgan va ishga tushirilgan har bir ilova ustidan cheksiz nazoratni amalga oshirish" uchun


App Storening apparat eksklyuzivligi va "veb-brauzer texnologiyasi bo'yicha shartnoma cheklovlari" dan foydalanayotganini da'vo qilishgan.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page