top of page
Altkoin investori ikki kun ichida millioner bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi
Altkoin
06/02/24, 12:48
Foto: Reuters
Lookonchain blokcheyn tahlil platformasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kriptovalyuta investori bir necha kun ichida 1 million dollardan ko‘proq pul ishlab oldi.
Investor ikki kun oldin 188 dona PANDORA sotib olish uchun 189 ming dollar sarflagan. Bir token narxi sotib olinayotgan vaqtda 1007 dollarni tashkil etgan.
Lookonchain xabariga ko‘ra, bu tokenlarning jami narxi bugungi kunda 1,42 million dollarga teng. Investor atigi 2 kun ichida taxminan 1,23 million dollar ishlab oldi.
Ma’lumot uchun, PANDORA tokeni ERC-404’ga asoslangan bo‘lib, u hali ham eksperimental token standarti hisoblanadi. Ushbu standart ERC-721 va ERC-20 standartlarini birlashtirishga qaratilgan.
O'xshash yangiliklar
bottom of page