Altcoin Season indeksi 2 yildagi eng past darajaga tushdi
#altcoin
2 daqiqa
23/06/25, 09:51

Foto: Blockchain Texno
Kripto bozorida yana bir qiziqarli holat kuzatildi: Altcoin Season indeksi (ya’ni altkoinlarga bo‘lgan talab ko‘rsatkichlari) 2025-yil iyun oyida yana keskin pasaydi va bu so‘nggi 2 yil ichida eng past darajaga tushgan holat bo‘ldi.
Bu tasodif emasdek tuyulmoqda — sababi so‘nggi yillarda har iyun oyida ushbu ko‘rsatkich eng past darajaga tushgan:
– Iyun 2019
– Iyun 2020
– Iyul 2021 (ozgina kechikkan)
– Iyun 2022
– Iyun 2023
– Iyun 2024
– Iyun 2025 — hozirgi vaziyat
Bu takrorlanuvchi holat bo‘lgani sababli, bu davrni mavsumiy pasayish deb hisoblash mumkin.
Nima uchun bu muhim?
– Bitcoin’ga talab ortib borayotgan bir paytda altcoinlarga qiziqish pasaymoqda
– Tarixan shunday pasayish davrlari keyinchalik altcoinlarning jadal o‘sish davri bilan almashgan
– Shuning uchun hozirgi vaziyat potensial ravishda yaxshi kirish nuqtasi bo‘lishi mumkin
Xulosa: Har yili iyun oyida altcoin bozori susayadi. Lekin bu aynan keyingi altkoin mavsumi oldidan bozor to‘planish bosqichi bo‘lishi ham mumkin. Tajribali investorlar bunday davrlarga jiddiy e’tibor qaratadi.