2023-yilda NAPP “Tartibga solish qumdoni” rejimining dastlabki uch ishtirokchisini ro‘yxatga oldi
NFT
3 min read
08/01/24, 13:59
Foto: NAPP
2023 yilda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi maxsus “Tartibga solish qumdoni” rejimining dastlabki uch ishtirokchisini ro‘yxatga oldi, deb yozmoqda agentlik matbuot xizmati. Birinchi ishtirokchi bu “.UZ” domen zonasidagi nomlar uchun maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasi (“blokcheyn”) asosida
NFT-sertifikatlarni joriy etishni nazarda tutuvchi o‘zining tajriba-sinov loyihasi bilan “Yagona integrator – UZINFOCOM” MCHJ.
Bugungi kunga qadar loyiha doirasida 58 dan ortiq NFT sertifikatlari yaratilgan va chiqarilgan.
Maxsus rejimning ikkinchi va uchinchi ishtirokchilari “Kriptokarta” va “CRYPTO CARD-UzNEX”
bank kartalari mahsulotini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha
tajriba loyihalari bilan “Kapitalbank” ATB va “Oktobank” AJ.
2023 yil davomida “Cryptocard” va “CRYPTO CARD-UzNEX” bank kartalari mahsulotini ishlab chiqish
va joriy etish bo‘yicha pilot loyihalar doirasida 90 dan ortiq bank kartalari muomalaga chiqarilib,
ular bo‘yicha naqd pul aylanmasi 6 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ni tashkil etdi.