"Qo'rquv va ochko'zlik" indeksi (Fear and Greed Index) nima?
Kriptopediya
3 min read
05/02/24, 11:21
Ushbu maqolada biz qo'rquv va ochko'zlik jamoaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga qanday ta'sir qilishini va Qo'rquv va ochko'zlik indeksi ushbu hissiyotlarning kripto bozorlariga ta'sirini qanday o'lchashini ko'rib chiqamiz.
Asl qo'rquv va ochko'zlik indeksi CNN Money tomonidan ushbu ikki inson hissiyotlari fond bozoriga qanday ta'sir qilganini o'lchash uchun ishlab chiqilgan asosiy bozor ko'rsatkichi edi. Indeksning maqsadi ba'zi bozorlar yoki aktivlar ochko'zlik tufayli o'zlarining taxminiy qiymatidan yuqori yoki qo'rquv tufayli ularning taxminiy qiymatidan pastroq sotilayotganligini o'lchash edi.
Qo'rquv va ochko'zlik indeksi 0 dan 100 gacha bo'lgan raqamni tahlil qiladigan va yaratadigan ko'rsatkich bo'lib, bu yerda 1 - haddan tashqari qo'rquv belgisi va 100 - o'ta ochko'zlik belgisidir. Haddan tashqari qo'rquv bozordagi investorlar o'zlarining aktivlarini sotayotganini anglatadi va haddan tashqari ochko'zlik esa investorlar ko'proq sotib olish kayfiyatida ekanligini ko'rsatadi.
Qo'rquv va ochko'zlik indeksi ballari va Hissiyot bahosi:
🔴0 dan 24 gacha — haddan tashqari qo'rquv
🔴25 dan 44 gacha — Qo'rquv
🟡45 dan 55 gacha — neytral
🟢56 dan 75 gacha — ochko'zlik
🟢76 dan 100 gacha — ekstremal ochko'zlik
Kripto qo'rquv va ochko'zlik indeksi qanday hisoblanadi?
Indeks quyidagi 6 xil ko'rsatkichlar yordamida hisoblanadi:
1. O'zgaruvchanlik (25%) - joriy bozor o'zgaruvchanligi va oxirgi 30 va 90 kunga nisbatan o'rtacha qiymatlar hisoblanishi: O'zgaruvchanlik qanchalik yuqori bo'lsa, qo'rquv shunchalik yuqori bo'ladi.
2. Bozor sur'ati/hajmi (25%) - So'nggi 30 va 90 kundagi sotib olish va sotish hajmlarini taqqoslash: Yaqin o'tmishga nisbatan yuqoriroq xarid hajmi ochko'zlikni anglatadi.
3. Ijtimoiy tarmoqlar (15%) — ijtimoiy tarmoqlarning Bitcoinga bo'lgan qiziqishi, ijtimoiy tarmoqlarda kriptovalyutalarga bo'lgan munosabat va umumiy kayfiyat.
4. So'rovlar (15%) - foydalanuvchilar va investorlar fikrini so'rov qilish.
5. Dominantlik (10%) - Bitcoin hukmronligining (BTC D.) ko'tarilishi odatda qo'rquvni bildiradi.
6. Trendlar (10%) — Google qidiruvi tendentsiyalari.
Kripto qo'rquv va ochko'zlik indeksini qanday bilib olishim mumkin?
— Indeks yaratuvchisining alternative.me websayti orqali: Shuningdek, ular 1 kun, 1hafta va 1 oy avvalgi indeks qiymatlarini ham ko'rsatadi.
— Bitcoin qo'rquv va ochko'zlik indeksining rasmiy Twitter profili orqali: akkauntda kunlik indeks qiymati yuklab boriladi.
!!! Kripto qo'rquv va ochko'zlik indeksi (Fear and Greed Index) kunlik yangilanib boradigan Indeks hisoblanadi.