Selfilari bilan millionerga aylangan 22 yoshli yigit – NFT mo‘jizasi
#NFT
2 daqiqa
28/11/24, 09:03
Foto: Blockchain Texno
Ushbu 22 yoshli yigit NFT orqali $1 million dollar ishlab topgan.
NFT mavzusi trendga aylangan davrlar (2021-2022 yil) Sultan Gustav Al-Go'zali ismli indoneziyalik yigit NFT bozorida shov-shuvga aylangan edi.
U o'zining 5 yil davomida har kuni olgan selfi rasmlarini NFT qilib Opensea NFT bozorida sotuvga qo'ygan.
Al-Go'zali'ning kolleksiyasida 933 ta selfi mavjud va u Opensea NFT bozorida har birini $3 dan sotuvga chiqardi. Bu katta qiziqishlarga sabab bo'lgach, uning har bir selfilari narxlari $800 dan $3000 gacha oshib ketdi. Natijada uning kolleksiyasi narxi salkam $1 mln ya'ni 374 ETH ni tashkil etdi. O'zingizni oyna oldida qadrsizdek his qilsangiz ushbu hikoyani qayta eslang! Biroq, yaratgan NFT laringizni sotib olish uchun kimdirlar bo'lishi kerak bo'ladi.
Ba'zilar NFT lar faqatgina mashhurlar yoki puli ko'plar uchun deyishadi. Aslida, nafaqat surat, real hayotdan virtual hayotga raqamli kod orqali o'tkaziladigan har qanday narsa NFT bo'la oladi. Hatto siz arzimas deb hisoblaydigan biznes g'oyangiz ham.
Agar jamiyat NFT larni asosan sanat asarlari orqali tanishayotgan bo'lsa, demak NFT lar ham ''art'' odamlarga beradigan estetik zavqni ham yetkaza olishi shart.