top of page
Telegram’ning TON tokeni rekord darajada qimmatlashishda davom etmoqda

Telegram’ning TON tokeni rekord darajada qimmatlashishda davom etmoqda

#crypto

26/03/24, 11:01

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Toncoin (TON) o‘zining eng yuqori ko‘rsatkichiga yaqinlashib, narxi 5,6 dollargacha ko‘tarildi. Bu esa 2021-yilning noyabr oyida erishilgan 5,8 dollarlik rekord darajasiga yaqinlashganini ko‘rsatadi.


Ushbu narx oshishi bilan TON tokening bozor qiymati 18 milliard dollarlik chegaradan oshib, bu borada bozor kapitallashuvi bo‘yicha o‘n birinchi tokenga aylandi.


Mutaxassislar TON narxing oshishi ortidagi muhim omillardan biri sifatida Telegram’ning 30 milliard dollar bahosi bilan birjaga chiqish rejasi bo‘lgan deb e’tirof etishmoqda.


Bundan tashqari, Binance kriptovalyuta birjasi TON uchun doimiy fyuchers savdosining boshlanishini e’lon qildi, bu esa investorlarning tokenga qiziqishini yanada oshirdi.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq TON ekotizim loyihalarida ishtirok etganlik uchun ishtirokchilarni mukofotlash orqali TON ekotizimidan foydalanishni rag‘batlantirishga qaratilgan grant dasturini e’lon qilgan edi.

Maqolani ulashing:

Foto: forklog

O'xshash yangiliklar

Kursiv nashri xabar berishicha, O‘zbekistonda uchta kripto-do‘konning litsenziyalari regulyator tomonidan olti oyga to‘xtatilgan. Hozirgi kungacha O‘zbekiston rasmiy litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan 10 ta kripto-do‘kon mavjud.

Oʻzbekistonda uchta kripto-doʻkonning faoliyati olti oyga toʻxtatildi
O‘zbekiston

06:43

Token migratsiyasi kripto-aktivlar sohasidagi muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Token migratsiyasi blokcheyn almashinuvi paytida token bir blokcheyndan boshqasiga o‘tkazilganda sodir bo‘ladi.

Kripto-aktivlarda token migratsiyasi qanday jarayon?
#maxsus_rukn

11:19

Bu o‘yinda foydalanuvchilar tomonidan olingan ballar Hamster Kombat (HMSTR) tokenlariga aylantiriladi. Xo‘sh, foydalanuvchilar tez o‘sish uchun o‘yinda qanday strategiyalarga amal qilishlari kerak?

Hamster Kombat (HMSTR) tokenini qanday qilib ko‘proq yig‘ish mumkin?
Hamster Kombat

04:44

Genesis blok - bu har qanday blokcheyn tarmog‘idagi birinchi va eng muhim blokdir. U blokcheyn tarixining boshlanish nuqtasi hisoblanadi.

Genesis Blok: Blokcheynning boshlanish nuqtasi
Maxsus rukn

07:31

Forumda turli xil panel muhokamalari, taqdimotlar, shuningdek, networking imkoniyatlari va 200 dan ortiq stendlarga ega dunyoning eng yirik kripto ko'rgazmasi namoyish etiladi.

Dubaydagi Blockchain Life 2024-da Tether, Ledger, TON rahbarlari va notcoin asoschisi ishtirok etadi

07:02

Malayziya hukumati shu kungacha qiymati 500 ming dollarga yaqin bo‘lgan elektr jihozlari, jumladan, 349 ta Bitcoin qazib olish qurilmalarini musodara qilgan.

Malayziyada noqonuniy mayning faoliyati tufayli 755 million dollar qiymatidagi elektr energiyasi yo‘qotildi
#bitcoin

07:03

Bizning hamkorlar

bottom of page