top of page

O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan rasmiy kripto-do'konlar soni yettitadan oltitaga tushdi.

#cryptouzbekistan

2 daqiqa

23/12/24, 10:35

Foto: Cointelegraph

Bunga sabab Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yil 24-oktabrdagi 93-son buyrug'i bilan «CRYPTO TRADE NET» MChJning litsenziyasi bekor qilinishi bo'ldi.


Litsenziya nima sabablarga ko'ra bekor bo'lgani ma'lum emas.


Hozirda faoliyat yuritayotgan litsenziyali kripto-do'konlar:


- «CRYPTO MARKET» MCHJ

- «CRYPTO EXPRESS» MCHJ

- «C-BASE» MCHJ

- «PAYNET CRYPTO» MCHJ

- «T-REX» MCHJ

- «COINPAY» MCHJ


Shuningdek, hozirda uchta kripto-do'kon litsenziyasi vaqtincha to'xtatilgan bo'lib, ularning faoliyati 2025-yil 1-yanvardan qayta tiklanishi kutilmoqda.


Bular: «T-FIRM» MCHJ, «C-CASH» MCHJ va «CRYPTOCORP» MCHJ.


Ushbu kripto-do'konlarning faoliyati avvalroq, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 26-iyundagi tegishli buyruqlari asosida olti oyga to'xtatilgan edi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page