top of page
O‘zbekistonda kripto-aktivlar sanoatida ko‘rsatiladigan xizmat faoliyati uchun qanday qilib litsenziya olinadi?

O‘zbekistonda kripto-aktivlar sanoatida ko‘rsatiladigan xizmat faoliyati uchun qanday qilib litsenziya olinadi?

O‘zbekiston

15/03/24, 07:34

1/3 Bitcoin
Ulashish:

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining  15.08.2022 3380-sonli buyrug‘ida xizmat provayderlari qanday tartibda litsenziyaga ega bo‘lishlari belgilab berilgan.


Kripto-aktivlar sanoatida xizmat provayderlariga quyidagilar kiradi.


- kripto-birja

- mayning qilish

- kripto-depozitariy

- kripto-do‘kon


Xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talab qilinadi va bunda vakolatli davlat organi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hisoblanadi.


Undan tashqari, xizmat provayderlari faoliyatiga litsenziya olish talablari quyidagilar hisoblanadi:


  • O‘zbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda joylashgan elektron platforma va (yoki) texnik hamda dasturiy vositalar majmuining mavjudligi;


  • kripto-aktivlar bilan bog‘liq barcha operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlarni, platforma ishtirokchilarining identifikatsiya ma’lumotlarini, xizmatlar provayderlarining platforma ishtirokchilari bilan munosabatlariga oid materiallarni (shu jumladan, platforma ishtirokchilari o‘rtasida), shuningdek ish yozishmalarini besh yil davomida saqlash;


  • kripto-aktivlar aylanmasi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgin qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish hamda shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;


  • yashirin mayning (maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanish orqali uchinchi shaxslarning hisoblash quvvatlarida, ularga bildirmagan holda yoki roziligisiz mayningni amalga oshirish bo‘yicha faoliyat) hamda anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni, shu jumladan anonim kripto-aktivlar mayningini (anonimlik prinsipi bo‘yicha ishlayotgan kripto-aktivlar) amalga oshirmaslik, platforma faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq ma’lumotlarni litsenziyalovchi organning so‘roviga binoan bepul taqdim etish; qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lash;


kabi majburiyatlarni oladi.


Ushbu shartlarni bajargan holda Istiqbolli loyihalar milliy agentligidan faoliyatini litsenziyalagan holda kripto-aktivlar sohasida xizmat faoliyatini amalga oshirish zarur hisoblanadi.

Maqolani ulashing:

Foto: avengernews

O'xshash yangiliklar

Kursiv nashri xabar berishicha, O‘zbekistonda uchta kripto-do‘konning litsenziyalari regulyator tomonidan olti oyga to‘xtatilgan. Hozirgi kungacha O‘zbekiston rasmiy litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan 10 ta kripto-do‘kon mavjud.

Oʻzbekistonda uchta kripto-doʻkonning faoliyati olti oyga toʻxtatildi
O‘zbekiston

06:43

Token migratsiyasi kripto-aktivlar sohasidagi muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Token migratsiyasi blokcheyn almashinuvi paytida token bir blokcheyndan boshqasiga o‘tkazilganda sodir bo‘ladi.

Kripto-aktivlarda token migratsiyasi qanday jarayon?
#maxsus_rukn

11:19

Bu o‘yinda foydalanuvchilar tomonidan olingan ballar Hamster Kombat (HMSTR) tokenlariga aylantiriladi. Xo‘sh, foydalanuvchilar tez o‘sish uchun o‘yinda qanday strategiyalarga amal qilishlari kerak?

Hamster Kombat (HMSTR) tokenini qanday qilib ko‘proq yig‘ish mumkin?
Hamster Kombat

04:44

Genesis blok - bu har qanday blokcheyn tarmog‘idagi birinchi va eng muhim blokdir. U blokcheyn tarixining boshlanish nuqtasi hisoblanadi.

Genesis Blok: Blokcheynning boshlanish nuqtasi
Maxsus rukn

07:31

Forumda turli xil panel muhokamalari, taqdimotlar, shuningdek, networking imkoniyatlari va 200 dan ortiq stendlarga ega dunyoning eng yirik kripto ko'rgazmasi namoyish etiladi.

Dubaydagi Blockchain Life 2024-da Tether, Ledger, TON rahbarlari va notcoin asoschisi ishtirok etadi

07:02

Malayziya hukumati shu kungacha qiymati 500 ming dollarga yaqin bo‘lgan elektr jihozlari, jumladan, 349 ta Bitcoin qazib olish qurilmalarini musodara qilgan.

Malayziyada noqonuniy mayning faoliyati tufayli 755 million dollar qiymatidagi elektr energiyasi yo‘qotildi
#bitcoin

07:03

Bizning hamkorlar

bottom of page