top of page
Internet rivojlanishi: Web 1.0 , Web 2.0 , Web 3.0

Internet rivojlanishi: Web 1.0 , Web 2.0 , Web 3.0

05/07/24, 10:18

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Internet dastlabki ko‘rinishlari  paydo bo‘lishi 1969-yilda ’’ARPANET’’ paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Internet texnologiyasining rivojlanishi uch asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi. Bular: Web 1.0, Web 2.0 va Web 3.0. Bular bir-biridan ba’zi afzalliklari va kamchiliklari bilan farq qiladi.


Web 1.0 davri 1989 -yildan 2004-yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Bu davr "O‘qish uchun web" nomi bilan tanilgan, chunki u asosan bir tomonlama aloqaga asoslangan edi. Veb-saytlar statik HTML sahifalaridan iborat bo‘lib, foydalanuvchilar faqat ma’lumotlarni o‘qish imkoniyatiga ega edilar. Bu davrning asosiy afzalliklari global ma’lumot tarmog‘ini yaratgani va bilimlarni keng tarqatish imkoniyatini bergani edi. Biroq, foydalanuvchilar bilan cheklangan o‘zaro ta’sir va kontentni yangilashning murakkabligi kabi kamchiliklari ham mavjud bo‘lib, barcha ma’lumotlar markazlashgan serverda saqlangan. Faqatgina server egasigina foydalanuvchilarga o‘qish uchun ma’lumotlar ulasha olgan.


Web 2.0 davri 2004-yildan boshlanib, hozirgi kungacha davom etmoqda. Web 2.0 paydo bo‘lishi 2004-yillarda Facebook kabi ilovalarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. "Yozish-o‘qish web" nomi bilan tanilgan bu davr Web 1.0 foydalanuvchilarini passiv kuzatuvchilardan faol ishtirokchilarga aylantirdi.Endilikda, server egalaridan farqli, har qanday internet foydalanuvchilar internetga o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni, kontentlarni ulashishlari imkoniyati vujudga keldi. Web 2.0 ning asosiy xususiyatlari dinamik veb-saytlar, foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan kontent, ijtimoiy tarmoqlar va hamkorlik platformalari, bulutli xizmatlar va mobil texnologiyalar integratsiyasini o‘z ichiga oladi. Bu davr global miqyosda aloqa va hamkorlikni osonlashtirdi. Biroq, maxfiylik va xavfsizlik muammolari, ma’lumotlarning markazlashtirilgan nazorati kabi kamchiliklari ham mavjud. Sababi, bu davr Web 1.0 kabi barcha foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni hali hanuz yagona serverda saqlanishda davom ettirmoqda. Shuningdek, Web 2.0 ma’lumotlarning markazlashtirilgan serverlarda saqlanishi, server egalarining hokimiyatini oddiy foydalanuvchilar mavqeyidan ustun ekanligini anglatmoqda. Misol uchun, agarda sizning fikringiz, server egasining fikri bilan bir xil bo‘lmasa,  akkauntingiz shunchaki bloklanishi hech gap emas.


Yaqinda, Elon Musk Twitterni X ga o‘zgartirganidan xabaringiz bor. Twitter o‘zini ijtimoiy tarmoqdagi username @Twitterni @X o‘zgartirishni maqul ko‘rdi, Biroq bu username 16-yil oldin Gen X. Xvan nomli shaxs band qilib qo‘ygan edi. Biroq, Elon Mask majburiy ushbu usernameni undan olib qo‘yib, keyinchalik kelishishni taklif qildi.


Aytmoqchimanki, Web 2.0 da qurilgan ilovalar Instagram, Facebook, Telegram bularda markazlashgan server egalariga foydalanuvchilar ustidan hukmronlik ustun bo‘ladi va istalgan payt sizga tegishli akkauntni, usernameingizni sizdan olib qo‘yishlari mumkin. Shuning uchun bizga internet olamida ham real borlig‘imizda - davlatning vakolatlari turli tashkilotlar tomonidan bo‘linganligi kabi Web 2.0 ham belgilangan vakolatlar bir necha shaxslar, tashkilotlar tomonidan bo‘linishi kerak . Web 3.0 esa ushbu muammoni hal qiladi va siz o‘z hisobingizga, pullaringizga to‘la xo‘jayin bo‘lasiz.


Web 3.0 davri hali to‘liq shakllanmagan bo‘lsa-da, u internetning keyingi evolyutsion bosqichi sifatida ko‘rilmoqda. "O‘qish-Yozish-Bajarish web" nomi bilan ataladigan bu davr markazlashtirilgan texnologiyalar, sun’iy intellekt, ’’Internet of Things’’ integratsiyasi, virtual va kengaytirilgan reallik - Metaverse, kriptovalyutalar va NFTlar kabi yangi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Web 3.0 ning kutilayotgan afzalliklari foydalanuvchilar uchun ko‘proq nazorat va maxfiylik, xavfsiz va shaffof tranzaksiyalar, yuqori darajadagi personalizatsiyani o‘z ichiga oladi.


Foydalanuvchilar haqidagi barcha ma’lumotlar endilikda yagona markazlashgan serverda emas, balki markazlashmagan tarmoq - blokcheynda yozib boriladi. Biroq, Web 3.0 nisbatan murakkab texnologiyasi tufayli odamlar tomonidan qabul qilinishi sekin bo‘lishi mumkin. 


Shuningdek, Web 3.0 rivoji Metaverse - virtual reallik rivojlanishi bilan bog‘liq. Kelajakda Web 3.0 paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqiy muammolarni hal qilish ham aktual muammo bo‘lib turibdi. Sababi, Web 3.0 yangi ijtimoiy munosabatlar vujudga keladi va ular qonunlar orqali  tartibga solinishi zarur.


Shuningdek, Web 2.0 ilovalarda hisob yaratishda sizdan shaxsga doir ma’lumotlar, ismingiz, telefon raqamingiz, KYC o‘tishingiz kerak bo‘lsa, pasport ma’lumotlaringiz, email pochtangiz kabi ma’lumotlar taqdim qilishingiz kerak bo‘ladi va hisobingizga parol qo‘yish orqali hisob yaratasiz.


Web 3.0 ilovalari esa tubdan farq qiladi. Web 3.0 ilovalar masalan, Metamask, Truth wallet, har qanday DEX lar (Decentralized exchange) Pancakeswap misol bo‘la oladi. Ushbu ilovalarda hisob yaratishingizda sizdan faqatgina 12 yoki 24 talik so‘zlarni saqlab qo‘yish talab etiladi.


Hozirgi biz foydalanayotgan markazlashgan ilovalar - APP endilikda, markazlashmagan ilovalarga DAPP larga aylanadi. Ushbu ilovalar DAO lar tomonidan nazorat qilinadi.


Internetning har bir avlodi o‘zidan oldingi avlodning kamchiliklarini bartaraf etishga va foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga intildi. Hozirda, Web 2.5 davri ham davom etayotgandek ko‘rinadi. Web 2.5 bu o‘zida ham  Web 2.0 va Web 3.0 xususiyatlarini jamlagan gibrid internet ilovalari hisoblanadi. Masalan, Binance ilovasini olsak, ushbu ilovadagi barcha ma’lumotlar markazlashgan serverda saqlansa ham, ushbu ilova ichida Web 3.0 hamyoni ham mavjud bo‘lib, gibrid xususiyatini o‘zida jamlagan.

Kelajakda, Web 3.0 texnologiyalari hayotimizning barcha jabhalariga ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda, ammo bu jarayonda uning huquqiy va ijtimoiy masalalariga e’tibor qilish ham zarur. Internetning kelajagi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, u insoniyat tarixidagi eng muhim texnologik yutuqlardan biri bo‘lib qoladi va jamiyatimizni shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynashda davom etadi.

Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar

Genesis blok - bu har qanday blokcheyn tarmog‘idagi birinchi va eng muhim blokdir. U blokcheyn tarixining boshlanish nuqtasi hisoblanadi.

Genesis Blok: Blokcheynning boshlanish nuqtasi
Maxsus rukn

07:31

Forumda turli xil panel muhokamalari, taqdimotlar, shuningdek, networking imkoniyatlari va 200 dan ortiq stendlarga ega dunyoning eng yirik kripto ko'rgazmasi namoyish etiladi.

Dubaydagi Blockchain Life 2024-da Tether, Ledger, TON rahbarlari va notcoin asoschisi ishtirok etadi

07:02

Malayziya hukumati shu kungacha qiymati 500 ming dollarga yaqin bo‘lgan elektr jihozlari, jumladan, 349 ta Bitcoin qazib olish qurilmalarini musodara qilgan.

Malayziyada noqonuniy mayning faoliyati tufayli 755 million dollar qiymatidagi elektr energiyasi yo‘qotildi
#bitcoin

07:03

Kripto-birja - kripto-aktivlar faoliyatida xizmat provayderlaridan biri bo‘lib, kripto-aktivlarni ayirboshlash, sotib olish va sotish uchun elektron maydonchadan iborat bo‘lgan tashkilot hisoblanadi.

Markazlashgan (CEX) va markazlashmagan (DEX) birjalarning farqi nimada?
#maxsus_rukn

09:12

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabar qilishicha "HEEMERA" MChJ “Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

O'zbekiston yana bir tashkilot kripto-aktivlar sohasida jinoyatlarni nazorat qilishda maxsus ishtirokchi bo'ldi
O‘zbekiston

10:57

Tranzaksiya to‘lovlari bo‘yicha nisbatan yuqoriroq to‘lov qabul qiluvchi gigant blokcheyn Ethereum ( ETH ) 2016-yilning noyabr oyidan beri eng past o‘rtacha ’’gas’’ to‘lovlarini qayd etdi.

Ethereum tarmog'ida "gas" to'lovlari tarixiy eng past darajaga tushib ketdi
#ethereum

11:02

Bizning hamkorlar

bottom of page